O‘zbekistonlik referi Gulshoda Saidqulova Qozog‘iston – Qirg‘iz Respublikasi ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda Kristina Sereda va Xayriniso Erkinova yordam beradi.
Uchrashuv ertaga, 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da start oladi.
Hakamlarimizga ushbu uchrashuvda omad tilab qolamiz!













