Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Shesni masalasini hal qildi

"Barselona" Shesni masalasini hal qildi

Baho:
+ | -

"Barselona"da darvozabon Voysex Shesnining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, tez orada 35 yoshli polyak kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytiradi.

Manbaga ko‘ra, Shesni bilan shartnomani uzaytirish masalasida faqat rasmiyatchilik qolmoqda. Polshalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynashda davom etadi.

"Barselona" oktyabr oyida Mark-Andre ter Shtegenning og‘ir jarohatidan ko‘p o‘tmay, Voysex Shesni bilan shoshilinch ravishda shartnoma imzoladi. Shesni o‘shandan beri "ko‘k-anorranglilar" safida 30 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 22:39, 27.05.2025.
O'qildi: 2074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик