Portugaliyalik sobiq futbolchi Migel Danni Joze Mourinyoning Portugaliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqida gapirdi.
Hozirda "The Special One" Istanbulning "Fenerbaxche" jamoasini boshqarmoqda.
"Mourinyo - ajoyib murabbiy, u ko‘plab unvonlarga ega. U, albatta, Portugaliya terma jamoasida yaxshi ishlagan bo‘lardi", - deydi Danni.













