Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Eriksen Daniya chempionatiga yo‘l oladimi?

Eriksen Daniya chempionatiga yo‘l oladimi?

Baho:
+ | -

Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen huquqlarini himoya qilayotgan futbol agenti Martin Skuts "Manchester Yunayted"ni tark etganidan so‘ng mijozining kelajakdagi faoliyati haqida gapirdi. Avvalroq futbolchining shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi xabar qilingandi.

"Kristian hamon shuhratparast va katta ligalarga ko‘p narsa berishi kerak. Men uni kelajakda o‘z vatanida o‘ynashini osongina tasavvur qila olaman, ammo menimcha, bu hozircha faqat milliy terma jamoa bo‘ladi", - dedi Skuts.

Kristian Eriksen 2022 yilning yozidan buyon "Manchester Yunayted"da o‘ynab kelayotgandi. Avvalroq OAVda futbolchiga Saudiya Arabistoni va MLS klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Yevropa jamoalaridan Ispaniyaning "Malyorka" klubi Eriksen variantini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 22:57, 29.05.2025.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик