Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

"Men hurmat talab qilaman": Acherbi Spalettining terma jamoaga chaqirilishdan bosh tortgani haqidagi so‘zlariga javob berdi

"Men hurmat talab qilaman": Acherbi Spalettining terma jamoaga chaqirilishdan bosh tortgani haqidagi so‘zlariga javob berdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti yakshanba kuni Franchesko Acherbi jamoaga chaqiruvdan bosh tortganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng "Inter" futbolchisi ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirdi.

"Bu qiyin qaror, chunki terma jamoa libosini kiyish men uchun doim sharaf va g‘urur manbai bo‘lib kelgan. Biroq, so‘nggi voqealardan kelib chiqib, bugungi kunda bu yo‘ldan xotirjamlik bilan borishga sharoit yo‘qligini his qildim. Men bahona izlamayman, lekin hurmat talab qilaman. Agar bu hurmat jamoa yetakchilarida yetishmayotgan bo‘lsa, men chetga chiqishni afzal ko‘raman. Men murabbiy loyihasining bir qismi emasligim aniq", - deb yozdi Acherbi.

Acherbi o‘z qarori "Inter"ning Chempionlar Ligasi finalida "PSJ"ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lishi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlab, Italiya terma jamoasiga ham omad tilagan. Iyun oyida Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Norvegiya va Moldova termalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:10, 01.06.2025.
O'qildi: 1119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.