Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

“Fayzullayevni ijaraga berish kerak. Keyin qimmatga sotish mumkin” — “SSKA” sobiq futbolchisi

“Fayzullayevni ijaraga berish kerak. Keyin qimmatga sotish mumkin” — “SSKA” sobiq futbolchisi

Baho:
+ | -

“SSKA” klubi sobiq futbolchisi Valeriy Masalitin Match TV telekanaliga bergan intervyusida jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik futbolchini ijaraga berish va keyinroq yuqori narxda sotish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

"Abbosbek Fayzullayev bu mavsum yaxshi o‘yin ko‘rsatmadi. Sababi, murabbiy doim rotasiya qildi. U o‘z salohiyatini to‘liq ochib bera olmayapti. Uni ijaraga berish kerak, shunda Abbosbekning o‘yini yana yaxshilanib ketadi. Keyin esa uni yaxshi pulga sotish mumkin. Fayzullayev ikkinchi davrada deyarli “SSKA”ga yordam bera olmadi. U harakat qildi, lekin bularning barchasi samarasiz yakunlandi", dedi Masalitin Match TV telekanaliga.

Abbos Fayzullayev 2024/25 yilgi mavsum Rossiya Premyer Ligasi doirasida 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“SSKA” Rossiya chempionatini 3-o‘rinda yakunladi. “Armiyachilar” 1 iyun, yakshanba kuni Rossiya Kubogi superfinalida “Rostov”ga qarshi o‘ynadi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Fayzullayevga Germaniyaning “Bavariya” hamda Turkiyaning “Beshiktosh” klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:45, 03.06.2025.
O'qildi: 1517 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.