Gruziya prezidenti va Tbilisi meri Xvicha Kvarasxeliyani Chempionlar ligasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
“PSJ” turnirning final uchrashuvida “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Parij klubining vingeri Chempionlar ligasi finalida gol urgan tarixdagi birinchi gruziyalik futbolchiga aylandi.
"Tabriklaymiz, Kvarasxeliya – chempion!" – deyiladi Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvilining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
"Kvarasxeliyani tabriklayman! Gruziyani tabriklayman! Bu hali boshlanishi!" - deb yozdi Tbilisi meri Kaxa Kaladze o‘z akkauntida.













