Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Isko Modrich va Zidan o‘rtasida tanlov qildi

Isko Modrich va Zidan o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -5

"Betis" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Isko Luka Modrich va Zinedin Zidan o‘rtasida tanlov qildi.

33 yoshli yarim himoyachi ikkalasini ham "Real Madrid"dagi faoliyatidan beri biladi.

"Modrichmi yoki Zidanmi? Bu xuddi onam va dadamdan birini tanlashga o‘xshaydi... Zidan", - deya Iskoning javobini keltiradi Marca.

Isko 2013 yildan 2022 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan.

Iyun oyida futbolchi olti yil ichida birinchi marta Ispaniya terma jamoasi lageriga keldi. Payshanba kuni “qizil furiya” Millatlar ligasi yarim finalida Fransiya bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 07:32, 05.06.2025.
O'qildi: 2014 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик