Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" yangi bosh murabbiy bilan 2027 yilgacha shartnoma tuzadi

"Inter" yangi bosh murabbiy bilan 2027 yilgacha shartnoma tuzadi

Baho:
+ | -

"Inter" Kristian Kivuni tayinlash borasida prinsipial kelishuvga erishdi.

"Parma"ni 2025 yildan buyon boshqarib kelayotgan va klubni A Seriyada (16-o‘rin) saqlab kelayotgan 44 yoshli ruminiyalik murabbiy milanliklar bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma borasida kelishib oldi.

Kivu "Inter"da yiliga 2 million yevro ishlab oladi, deya xabar beradi Nikolo Skira.

Kristian 2007 yildan 2014 yilgacha "neradzurrilar"da o‘ynagan. Keyin esa klubning yoshlar va o‘smirlar jamoalariga (2018-2024) ustozlik qilgan.

"Komo" Franchesk Fabregasni qo‘yib yuborishdan bosh tortgach, "Inter" Kivuni murabbiy qilib tayinlashga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Simone Indzagi Chempionlar ligasi finalida "PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:5) "Inter" bosh murabbiyligidan ketgan va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini boshqaradi.

Kiritildi: 22:01, 05.06.2025.
O'qildi: 2629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик