Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams Millatlar ligasi nimchorak finalida Fransiyaga qarshi kechagi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qizil furiya” 5:4 hisobidagi g‘alabani nishonladi va finalga yo‘l oldi. "Ikkala jamoa ham yaxshi o‘ynadi. Biz qiyin kurash olib bordik.
Biz uchun finalga chiqish muhim edi. Ushbu o‘yinda biz faqat o‘z imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak edi", - dedi futbolchi.













