Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

FIDE reytingi. Karlsen yetakchi, Abdusattorov 6-o‘rin, Sindorov esa 29-pog‘onadan joy oldi

FIDE reytingi. Karlsen yetakchi, Abdusattorov 6-o‘rin, Sindorov esa 29-pog‘onadan joy oldi

Baho:
+ | -

Jahon Shaxmat Federasiyasi may oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Yangilangan reytingda kuchli 100 talik ro‘yxatga 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster kirishni uddaladi.

Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi, norvegiyalik Magnus Karlsen hamon reytingda yetakchi hisoblanadi. Uning hisobida 2837 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onadan Hikaru Nakamura (2804) joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Erigaisi Arjun yakun yasagan.  May oyidagi reytingda Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rni saqlanib qolmoqda. U 6-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, hisobidagi ochkolar soni 2767 ballni tashkil qiladi.



Javohir Sindorov yangilangan reytingda 29-o‘rinni egalladi. Uning hisobida 2710 ochko mavjud.

Eng kuchli shaxmatchilar qatoridan Rustam Qosimjonov ham joy olgan. U 2675 ochko bilan 47-pog‘onani egalladi. Shuningdek, Nodirbek Yakubboyev 65-pog‘onadan (2659 ochko), Shamsiddin Vohidov esa 81-o‘rindan (2644 ochko) joy oldi.

Yoshlar reytingida esa Javohir Sindorov 2710 ochko bilan kuchli uchlikda qoldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:30, 09.06.2025.
O'qildi: 2456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик