Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Manchester Siti" yana Liga 1'ning eng yulduz futbolchilaridan biri bilan muzokaralarni qayta tikladi

"Manchester Siti" yana Liga 1'ning eng yulduz futbolchilaridan biri bilan muzokaralarni qayta tikladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hamon "Lion" yarim himoyachisi Rayan Sherkini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, "shaharliklar" kelishuvni rasmiylashtirish uchun yana "tuquvchilar" vakillari bilan bog‘langan.

Eslatib o‘tamiz, "Lion" allaqachon "Manchester Siti"ning bir nechta takliflarini rad etishga ulgurgan, ammo Xosep Gvardiola jamoasi taslim bo‘lmoqchi emas. Futbolchining o‘zi transferga qiziqish bildirmoqda va klublar kelishuvga erishishini kutmoqda.

Sherki Fransiya terma jamoasi futbolchisi bo‘lib, o‘z vatanida katta umidlarga ega. 21 yoshli yarim himoyachi chempionatning so‘nggi mavsumida 30 ta o‘yinda 8 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 15:54, 09.06.2025.
O'qildi: 2062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.