Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Chelsi" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

"Yuventus" "Chelsi" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Aksel Disasi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Ko‘klar" 27 yoshli futbolchi bilan xayrlashmoqchi - tomonlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib olishmoqda. Bu orada, TuttoJuve xabariga ko‘ra, fransiyalik bilan "Yuventus" bog‘lanib ulgurgan. Turin klubi futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Aksel Disasi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Aston Villa"da ijarada o‘tkazdi. "Chelsi"ga u 2023 yilning yozida "Monako"dan ko‘chib o‘tgan - transfer londonliklarga 45 mln yevroga tushgan. "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, Disasining ayni damdagi narxi 22 mln yevroga teng.

Kiritildi: 08:11, 12.06.2025.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик