Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya va Saudiya Arabistoni klublari Sancho uchun kurashmoqda

Angliya va Saudiya Arabistoni klublari Sancho uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

Jeydon Sanchoga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

The Sun nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted"ning 25 yoshli vingeri uchun kurashga "Aston Villa," "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari qo‘shilgan. Futbolchiga Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Sancho o‘tgan mavsumni "Chelsi"da ijarada o‘tkazdi, ammo londonliklar futbolchini sotib olmadi. Shu bilan birga, hujumchi maoshini pasaytirishga tayyor emas, bu esa futbolchining "Brentford," "Yuventus," "Fenerbaxche" va sobiq klubi "Borussiya" Dortmundga o‘tishiga to‘sqinlik qildi.

2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Sancho "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va sheriklariga 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 11:38, 12.06.2025.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик