Fransiyaning "PSJ" klubi vingeri Usmon Dembele Kataloniyaning "Barselona" klubi 17 yoshli yulduzi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
"Lamin haqida yoshligidan gapirishardi. U professional futbolga kirib kelganida, hamma uning noyob o‘yinchi ekanligini tushundi. Biz bilan mashg‘ulotlarda u tez-tez dribling ishlatib, gollar urardi," - deya Usmonning so‘zlarini keltiradi Lequipe.













