Kirish Ro'yxatdan o'tish

Makelele - Grizmannga: "Simeonening futboli joningga tegdi shekilli"

Makelele - Grizmannga: "Simeonening futboli joningga tegdi shekilli"

Baho:
+3 | -

Mashhur sobiq futbolchi Klod Makelele klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Atletiko"ning "PSJ"ga qarshi o‘yinidan so‘ng Antuan Grizmannga murojaat qildi.

"Matraschilar" 0:4 hisobida yutqazdi, 34 yoshli hujumchi qatorasiga 17-o‘yinda gol ura olmadi.

"Men o‘yin haqida emas, sen haqingda gapirishni afzal ko‘rardim. Menga sening o‘yining, uzatmalaring, harakatlaringning soddaligi yoqadi, lekin bu taktik tizimda doim himoyalanish kerakligi seni xafa qilmaydimi? Men borib Simeonega aytaman, senga ko‘proq futbol o‘ynashga ruxsat bersin. To‘g‘risini aytsam, bu senga og‘irlik qila boshlagandek tuyulyapti," - dedi Makelele Grizmannga o‘yindan keyin.

Kiritildi: 07:26, 16.06.2025.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик