Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

“Andijon” klubining qiymati 31 mlrd so‘mni tashkil etadigan yangi mashg‘ulot bazasi ochildi (video)

“Andijon” klubining qiymati 31 mlrd so‘mni tashkil etadigan yangi mashg‘ulot bazasi ochildi (video)

Baho:
+ | -1

Xo‘jaobod tumanida “Andijon” futbol klubi uchun zamonaviy mashg‘ulot bazasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kompleksning umumiy qiymati 31 milliard so‘mni tashkil etadi. Bazada sportchilar uchun uch qavatli yotoqxona, ikkita futbol maydoni, har birida ming kishilik tribunalar, shuningdek, mehmonxona, shug‘ullanish uchun zal, yopiq suzish havzasi va ovqatlanish joylari mavjud.

Mazkur sport majmuasi 114 nafar futbolchini bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, asosiy jamoa bilan birga “Andijon”ning yoshlar jamoasi ham bu yerda mashg‘ulot olib boradi.

"So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. Xususan, futbol xalq orasida ommalashib, katta yutuqlarga erishilmoqda. Milliy terma jamoamiz xalq orzusini ro‘yobga chiqardi, “Andijon” klubi esa o‘tgan mavsumda O‘zbekiston kubogini yutib, endi Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashadi. Bu — albatta, katta faxr", — dedi Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Klub rahbariyati mazkur sport inshooti FIFA va Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) talablari asosida qurilganini ta’kidladi. Ular yangi baza Markaziy Osiyoda shu turdagi birinchi va eng ilg‘or sport majmuasi ekani bilan faxrlanishlarini bildirib o‘tishdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:54, 18.06.2025.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.