Insayder Fabrisio Romano Niko Uilyamsning "Barselona"ga transferi haqida ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, "Barsa" va 22 yoshli ispaniyalik 6 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Nikoning maoshi - taxminan soliqlarsiz 7-8 million yevro atrofida bo‘ladi.
Ayni damda "Barsa" "Bilbao" bilan kelishuvga erishish uchun shartnomaning moliyaviy shartlari ustida ishlamoqda.













