Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

Jerrard transfer oynasi yopilishidan oldin «Liverpul»ga muhim transfer tavsiya qildi

Jerrard transfer oynasi yopilishidan oldin «Liverpul»ga muhim transfer tavsiya qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin tayanch yarim himoyachi xarid qilishi kerak, deb hisoblaydi.

Uning fikricha, 2023 yilda Fabinyo klubni tark etganidan buyon «Liverpul» oltilik pozisiyada haqiqiy mutaxassis yetishmasligini his qilib kelmoqda.

«Bir pozisiya borki, unga deyarli e’tibor qaratilmadi. Faqat so‘nggi haftada, «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan keyin bu haqda ko‘proq gapirila boshlandi. Menimcha, ularga 6-raqamli pozisiyada maxsus o‘ynaydigan futbolchi kerak», — dedi Jerrard.

«Albatta, murabbiy jamoaning qanday o‘ynashi va o‘z falsafasi borasida boshqacha fikrda bo‘lishi mumkin. Ammo menimcha, bu jamoaga markazni ushlab turadigan, raqib hujumlarini buzadigan haqiqiy «vayronkor» yetishmayapti. Fabinyo ketganidan beri bu pozisiya jamoa tuzilmasida juda katta bo‘shliq qoldirdi.

Menimcha, bu rol juda sezilarli darajada yetishmayapti va hozirgi tarkibda bu vazifani mutaxassis sifatida bajaradigan futbolchi yo‘q.

Shunday o‘yinchi Dominik Soboslai, Rayan Gravenberx va Aleksis Mak Allister kabi futbolchilarga hujumlarga ko‘proq qo‘shilish imkonini beradi, himoya chizig‘ini esa ancha ishonchli qiladi. Menimcha, «Liverpul» bu pozisiyaga juda muhtoj», — deya qo‘shimcha qildi Jerrard.

Kiritildi: 16:01, 29.08.2026.
O'qildi: 3211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик