Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekistonlik futbol shifokori Mbappening holatiga izoh berdi

O‘zbekistonlik futbol shifokori Mbappening holatiga izoh berdi

Baho:
+-1 | -

"Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriyev "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappening kasal bo‘lib shifoxonaga tushishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Mbappeni vahima bilan kasalxonaga yotqizishdi. Keyingi kun javob berishdi...

Hammasi kunday ravshan. Kun tartibiga rioya qilmagan Kilian o‘yindan keyin (xursandchilik yoki alamdan) bayram qilgan. “Aralash-quralash”dan keyin “otravleniye” bo‘lib, ichi ketgan. Turfa savollarga o‘rin qoldirmaslik uchun “gastroenterit” degan “chiroyli” tashxis ila shifoxonaga yotqizilgan...

Shunday bo‘lmaganida avvalo butun jamoadan bo‘lak faqat Mbappeda gastroenterit bo‘lmasdi. Bo‘lgan taqdirda ham “Futbolchi barcha analiz va tekshiruvlardan o‘tadi” degan ko‘lamli reja bir tundayoq yakuniga yetmasdi...

Xullas, bu “erkatoy” Mbappe turli injiqlik va xarakterga egaligi uning turqidan bilinib turadi. Bu albatta mening shifokorona fikrim", — deya yozdi Abror Pirriyev o‘zining telegramdagi kanaliga.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 21:02, 20.06.2025.
O'qildi: 5035 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик