"Manchester Yunayted" akademiyasi direktori Nik Koks klubni tark etadi.
47 yoshli ingliz "Everton" bilan shartnoma imzoladi va u yerda texnik direktor lavozimini egallaydi. Koks 2016 yilda akademiya xodimi sifatida "MYU"ga qo‘shilgan va 2020 yilda direktor lavozimiga ko‘tarilgan.
Nik mojarosiz ketishni ta’minlash uchun keyingi oylar davomida Manchesterda qoladi.













