Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Husanov qariyb uch oydan buyon ilk bor "Manchester Siti"da o‘ynadi

Husanov qariyb uch oydan buyon ilk bor "Manchester Siti"da o‘ynadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov uzoq vaqtdan buyon ilk bor maydonga tushdi.

21 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinda "shaharliklar"ning asosiy tarkibidan joy oldi. O‘zbekiston vakili 61-daqiqagacha o‘ynadi va sariq kartochka olishga ulgurdi, shundan so‘ng u Oskar Bobb bilan almashtirildi. Bu vaqtda ingliz grandi 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Shu kungacha Abduqodir Husanov "Manchester Siti" safida deyarli uch oydan buyon o‘ynamayotgan edi. Markaziy himoyachimizning avvalgi o‘yini 30 martga to‘g‘ri keladi - o‘shanda Xosep Gvardiola jamoasi Angliya kubogida "Bornmut"ni mag‘lub etgandi (3:0).

Kiritildi: 07:50, 23.06.2025.
O'qildi: 3551 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик