Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real" Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi

"Real" Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi

Baho:
+-1 | -

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Nevesh Yevropaga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga "Real Madrid" qiziqish bildirmoqda. Ispan superklubiga Neveshning yetakchilik qobiliyati, shuningdek, o‘yinni ko‘rish va yaxshi zarba berish qobiliyati yoqadi.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Yaqin Sharqqa Angliyaning "Vulverxempton" klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Yarim himoyachining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:35, 23.06.2025.
O'qildi: 4070 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик