Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ravshan Irmatov FIFA Ijroiya Futbol Sammitida ishtirok etdi

Ravshan Irmatov FIFA Ijroiya Futbol Sammitida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA tomonidan har yili tashkil etiladigan FIFA Ijroiya Futbol Sammiti (Executive Football Summit) bugungi kunda dunyo futbolining eng muhim muloqot platformalaridan biri hisoblanadi. Ushbu yuqori darajadagi uchrashuvlar milliy futbol assosiasiyalari rahbarlari, FIFA prezidenti va konfederasiyalar vakillarini birlashtirib, futbolni global miqyosda rivojlantirish, tajriba almashish va strategik yo‘nalishlarni muhokama qilish imkonini beradi.

Joriy yilgi sammit AQSHning Mayami shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda FIFAga a’zo qator milliy futbol assosiasiyalari vakillari bilan bir qatorda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ham ishtirok etdi.

Sammit doirasida futbolning turli yo‘nalishlarini — xususan, bolalar va o‘smirlar futboli, ayollar futboli, shuningdek, FIFA musobaqalarini tashkil etish, jumladan bo‘lajak Jahon chempionatlari, ayollar turnirlari va yoshlar musobaqalari yuzasidan dolzarb mavzular muhokama qilindi.

FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasini tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, u O‘zbekiston futbol assosiasiyasining FIFA Forvard loyihasini muvaffaqiyatli tatbiq etgan assosiasiyalardan biri ekanini alohida e’tirof etdi.

Ushbu sammit futbol federasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba va g‘oyalarni almashish, hamda global futbol tizimidagi dolzarb masalalarni birgalikda hal qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:56, 24.06.2025.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик