Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Asror Aliqulov: "Kubokka da’vogar jamoani musobaqadan chiqarib yubordik. "Neftchi"ning uslubiga tayyor edik"

Asror Aliqulov: "Kubokka da’vogar jamoani musobaqadan chiqarib yubordik. "Neftchi"ning uslubiga tayyor edik"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 bosqichidan o‘rin olgan "Neftchi" va "Mash’al" o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘yin haqida

— Bugun ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik. "Neftchi"ning uslubiga mos o‘yin ko‘rsatdik. To‘p nazoratini birinchi o‘ringa qo‘ydik. "Neftchi"ni bosim qilishga undab, keyin o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni reja qilgandik. O‘ylagan barcha rejamiz har safar ham o‘xshayvermadi. O‘yin oxirida ko‘proq himoyalandik. "Neftchi" kubok g‘olibligiga da’vogar edik. Biz esa bu klubni musobaqadan chiqarib yubordik.

— Uchrashuv qaydnomasidan jamoaning asosiy o‘yinchilari joy olmadi. Lekin ular stadionga kelishdi. Ularning olib kelinganini sababi nima edi?

— Keyingi o‘yinimiz "Navbahor"ga qarshi. Shu sababli butun jamoani o‘zimiz bilan olib keldik. Vodiyda qolamiz keyingi o‘yinga qadar. Qo‘qonda tayyorgarlik olib bormoqchimiz.

— "Neftchi"ga bugun nima yetishmadi?

— Raqib jamoa o‘ziga xos hujum qildi. Ikkita kenglikda o‘ynovchi futbolchi. Qanotlardan paslar, qaysidir holatda yuqoridan pas. Ikkinchi tempda hujum qilish. "Neftchi"ning bu uslubiga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Har bir vaziyatda 100% ularni zararsizlantira olmagan bo‘lsak ham, yakunda gol urishga imkoniyat qoldirmadik. Jamoamiz himoya chizig‘i yaxshi harakat qildi deya olaman. "Neftchi"da bizni mensimaslik holati bo‘lgan yoki yo‘q, buni bilmayman. Uzun paslarga biz tayyor edik.

Gol bo‘lgan vaziyatda standart holatda ikki futbolchimiz o‘z joyini o‘zgartirdi. To‘p uzatish ham yaxshi chiqdi. Bu oldindan o‘ylangan reja edi. 

— O‘zbekiston kubogi navbatdagi bosqichida kim raqib bo‘lishini istagan bo‘lardingiz?

— Biz har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Keyingi raqib kimligini bilganimizdan so‘ng shunga qarab ish qilamiz.

— Davralar oralig‘ida tarkibni kuchaytirish rejada bormi?

— Rejada bor, albatta.

— Jamoa o‘yinga tushishidan oldin reja qanday edi? Goldan so‘ng taktikada o‘zgarish bo‘ldimi?

— Biz ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynash niyatimiz yo‘q edi. O‘yinni yaxshi boshladik. Uchrashuv boshida biroz asabiylashdik. Bunga sabab o‘yin boshida "Neftchi" ikkita hujumchi bilan bizga bosim qilyapti. Bizning to‘rt himoyachi va darvozabonimiz esa asosan uzun to‘plar bilan o‘ynashdi. Uzun to‘plar ko‘p holatda to‘p yo‘qotishga olib keladi. Bu o‘yinda himoyalanishimiz aniq edi. Qaysidir holatlarda biz bosim qildik, ba’zida himoyalandik. Qarshi hujum degan reja yo‘q edi. Golni biz urdik, agar "Neftchi" gol urganda boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bizda charchoq kuchli edi. Tezlik borasida ham bu sezildi. "Neftchi"da yaxshi futbolchilar yig‘ilgan.

— Asror Aliqulov boshchiligida "Mash’al" Pro ligada ha shu bosqichga yetib kelgan. Sizda bitta o‘yinga yaxshi tayyorlanish bo‘yicha malaka borga o‘xshadi...

— "Neftchi"ga tayyorlangandik. Har safar ham bu o‘xshashiga kafolat yo‘q. Ayrim holatlarda biz o‘ylagan reja ish beradi, ba’zida esa yo‘q. Bitta o‘yinda g‘alaba qozondik degani, bo‘ldi degani emas. Biz kurashishda davom etamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 05:01, 25.06.2025.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.