Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Prevyu. "Navbahor" – "Mash’al"

Prevyu. "Navbahor" – "Mash’al"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida uch yillik tanaffusdan so‘ng, yana Superligaga qaytgan "Mash’al" (Muborak)ni qabul qiladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 38 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 38 ta bahsdan 16 ta uchrashuvda muborakliklar g‘alaba qozonishgan, 14 tasida namanganliklar g‘olib chiqqan bo‘lsa, 8 ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekkan.

"Navbahor" shu kunga qadar "Mash’al"ga qarshi o‘tkazilgan o‘zaro o‘yinlarda 48 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 47-marta to‘p olib chiqqan.

Mazkur jamoalarning o‘zaro bahslarida "Mash’al" 56 ochkoni, "Navbahor" esa 50 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1995 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda "lochinlar" 8:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Muborakliklar esa 2008-yilgi mavsumda "Navbahor"ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Ushbu klublarning  shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 19 ta bahsidan 12 tasida "lochinlar" g‘alaba qozonishgan, 4 o‘yinda jamoalar durangga imzo chekishgan, 3 ta o‘yinda esa muborakliklar zafar quchishgan.

Namanganda bo‘lib o‘tgan bahslarda "Navbahor" raqib darvozasiga 34 ta gol urib, o‘z darvozasidan 11 ta to‘p olib chiqqan (Izoh: 2020 yili Namanganda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yin COVID – 19 pandemiyasi sababli, Toshkentdagi "Jar" stadionida o‘tkazilgan va unda "Navbahor" nominal mezbon bo‘lgandi).

Quyida jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasiga to‘xtalib o‘tamiz.

1995 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 0:0
"Navbahor" – "Mash’al" – 8:0
1996 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 0:3
"Navbahor" – "Mash’al" – 5:0
2002 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 2:1
"Mash’al" – "Navbahor" – 0:0
2003 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 2:0
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:2
2004 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 1:2
"Navbahor" – "Mash’al" – 1:0
2005 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:1
"Navbahor" – "Mash’al" – 0:0
2006 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:1
"Navbahor" – "Mash’al" – 0:0
2007 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 1:0
"Navbahor" – "Mash’al" – 0:1
2008 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 1:0
"Mash’al" – "Navbahor" – 5:0
2009 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 2:1
"Mash’al" – "Navbahor" – 3:1
2010 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 0:0
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:0
2011 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:0
"Navbahor" – "Mash’al" – 2:0
2012 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:0
"Navbahor" – "Mash’al" – 2:2
2014 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 3:1
"Navbahor" – "Mash’al" – 3:0
2015 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 0:2
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:2
2016 yil
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:1
"Navbahor" – "Mash’al" – 3:2
2017 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 1:0
"Mash’al" – "Navbahor" – 2:1
2020 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 0:1
"Mash’al"  – "Navbahor" – 3:0
2021 yil
"Navbahor" – "Mash’al" – 2:1
"Mash’al"  – "Navbahor" – 0:0.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" – "Mash’al" bahsi 28 iyun kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 19:00 da start oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:17, 26.06.2025.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.