Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman: "Neftchi" Islombek Ismoilov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

Rasman: "Neftchi" Islombek Ismoilov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Bugun "Neftchi" klubi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Hozirga kunda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Islombek Ismoilov "Neftchi" PFK bilan shartnoma imzoladi.

Islombek Ismoilov 1992 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. "Paxtakor" jamoasi futbol maktabida ta’lim olgan. Murabbiylik faoliyatini 2015 yilda "Yozyovon" klubidan boshlagan. 2018 yildan boshlab Oltiariqning "Iftixor" va Marg‘ilonning "Farovon" BFK, 2019-21 yillarda Superligada Yaypanning "Turon" jamoasida ishladi. 2022 yildan boshlab asosiy faoliyatini O‘zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratdi va 2025 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Islombek Ismoilov "Neftchi"(U-21) jamoasidagi faoliyatini birinchi davra o‘yinlari yakunida boshlashga kirishadi.

Kiritildi: 17:32, 26.06.2025.
O'qildi: 2898 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик