O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28 iyundagi farmon va qaroriga muvofiq "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, Milliy terma jamoamiz futbolchisi Bobir Abdiholiqov "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangan edi.
30 iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda futbolchimizga mukofotni tantanali ravishda topshirdi.













