Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Borussiya Dortmund" hujumchisi: "Ramosga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman"

"Borussiya Dortmund" hujumchisi: "Ramosga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman"

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 1/8 finali doirasidagi Meksikaning "Monterrey" klubi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikr bildirdi, shuningdek, Shimoliy Amerika jamoasi himoyachisi Serxio Ramos bilan uchrashuvdan nima kutayotgani haqida gapirdi.

"Bu mening Ramosga qarshi birinchi o‘yinim bo‘ladi. Men sabrsizlik bilan kutyapman. Yosh muammo emas, chunki siz 40 yoshli Tiago Silvani ham ko‘ryapsiz, lekin u hali ham juda yaxshi o‘ynaydi. Bu ajoyib o‘yin bo‘ladi. Serxio Ramos - ajoyib himoyachi. U hali ham buni isbotlamoqda.

Maqsadim - raqibdan qat’i nazar, har bir o‘yinda gol urish. "Barselona"ga qarshi ham, Bundesligada ham har bir o‘yinda gol urishga harakat qilaman. Afsuski, bu har doim ham mumkin emas. Ammo maydonga tushganimda gol urishni istayman. Men har doim ishonchni saqlab qolishga harakat qilaman. Oldinda bizni qiyin o‘yinlar kutmoqda. Endi bizni 1/8 finalda "Monterrey"ga qarshi o‘yin kutib turibdi. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak. To‘liq kuch bilan o‘ynashimiz kerak bo‘ladi," - deya Girassining so‘zlarini keltiradi FIFA.

Kiritildi: 15:51, 01.07.2025.
O'qildi: 570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик