Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Sergey Chigodayev: «Biz barcha o‘yinlarda munosib ishtirok etib, kerakli natijani qayd etmoqchimiz»

Sergey Chigodayev: «Biz barcha o‘yinlarda munosib ishtirok etib, kerakli natijani qayd etmoqchimiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodayev Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Turnir haqida:

— Bu turnirda ishtirok etayotganimizdan xursandmiz, u barcha jamoalar uchun katta tajriba beradi, ayniqsa, o‘smirlarimiz uchun xalqaro o‘yinlar o‘tkazish foydali bo‘ladi. Ushbu turnir tashkilotchiligi uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Ishtirokchi jamoalarga omad tilayman.

— Raqiblar va mezbon Xitoyga qarshi o‘yin haqida:

— Turnirda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda. Xitoy ham yaxshi shakllangan jamoa. Ularning U-17 Osiyo kubogidagi o‘yinlarini ko‘rdik, tahlil qildik. Yaxshi futbolchilari, futbol uslubi va taktikasiga ega. Biz barcha o‘yinlarda munosib ishtirok etib, kerakli natijani qayd etmoqchimiz. Jamoalarga omad.

Eslatib o‘tamiz, o‘smirlarimiz musobaqadagi ishtirokini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da koreyalik tengdoshlariga qarshi bahs bilan boshlashadi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 10:38, 03.07.2025.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.