Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Portu" futbolchining vafoti munosabati bilan Jotaning oilasiga hamdardlik bildirdi

"Portu" futbolchining vafoti munosabati bilan Jotaning oilasiga hamdardlik bildirdi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning “Portu” futbol klubi matbuot xizmati “Liverpul” vingeri Diogu Jotaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Avvalroq Marca nashri futbolchining Ispaniyada YTHda vafot etgani haqida xabar bergan edi.

"Portu" futbol klubi chuqur qayg‘uda. Shok va chuqur taassuf bilan Diogu Jota hamda uning ukasi Andre Silvaning oila a’zolari va yaqinlariga hamda klubimiz tizimida mashg‘ulot o‘tkazganlarga hamdardlik bildiramiz. Yotgan joyinglar tinch bo‘lsin", - deyiladi "Portu" matbuot xizmati bayonotida.

Jota "Liverpul"dagi o‘yinlari bilan tanilgan. Ushbu klub tarkibida portugaliyalik Angliya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi. Diogu 2020 yildan buyon "qizillar" safida o‘ynab kelmoqda edi.

Kiritildi: 14:31, 03.07.2025.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик