Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Superliga. “Qizilqum” G‘uzorda uzoq kutilgan g‘alabaga erisha oladimi?

Superliga. “Qizilqum” G‘uzorda uzoq kutilgan g‘alabaga erisha oladimi?

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turi G‘uzorda “Sho‘rtan” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.

Eldor Moyliyev jamoasi birinchi davraning so‘nggi uchrashuvida g‘alaba qozonib muxlislarini xursand qilmoqchi. Aks holda birinchi davrani yaqqol autsayder sifatida yakunlaydi. O‘tgan turda jadvaldagi sherigi “Buxoro”ga mag‘lub bo‘lib, ochkolar borasida orta qolmoqda. Qisqasi, “Sho‘rtan” o‘z maydonida g‘alaba qozonib, tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l olishga harakat qiladi.

“Qizilqum” ham anchadan beri g‘alaba qozona olmayapti. Akmal Rustamov vaqtinchalik ustozlik qilayotgan bo‘lishiga qaramay, o‘yin uslubi biroz yaxshilandi. “Neftchi”ga qarshi avvalgi turda oxiriga qadar kurashib, yakunda bir ochkoga ega bo‘ldi.

Xullas, bir-biriga munosib raqiblar. Ikkala klubda ham bosh murabbiylar o‘zgargan va mahalliy mutaxassislar vaqtincha ushbu lavozimda ishlashmoqda. Ehtimol, G‘uzordagi qarama-qarshilikda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:45, 03.07.2025.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.