Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Meksikalik bokschi Xulio Sezar Chaves AQSH Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) tomonidan hibsga olindi. AQSH Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, u deportasiya qilinishi kutilmoqda.

Chaves 2023 yil avgust oyida turist vizasi bilan AQSHga kirgan, ammo uning vizasi 2024 yil fevralda muddati tugagan. Rasmiylar uning immigrasiya hujjatlarida yolg‘on ma’lumot berganini aytmoqda. Bundan tashqari, Meksikada u jinoyat ishlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lib, qurol, o‘q-dori va portlovchi moddalar savdosida ishtirok etgan deb gumon qilinmoqda.

2024 yil aprel oyida Chaves AQSH fuqarosi bilan turmush qurgani uchun doimiy yashash huquqini so‘rab ariza topshirgan. Ammo rasmiylarga ko‘ra, uning rafiqasi ilgari Meksikadagi yirik narkokartel — Sinaloa narkotik moddalar bilan shug‘ullanuvchi guruh yetakchisi El Chaponing o‘g‘li bilan munosabatda bo‘lgan.

Chaves 4 yanvar kuni yana AQSHga kirgan. Rasmiylar esa 27 iyun kuni uni mamlakatda noqonuniy yashayotgan deb topib, chiqarib yuborish haqida qaror chiqargan.

Shunga qaramay, u 28 iyun kuni Kaliforniyada taniqli bloger Jeyk Pol bilan ringga chiqdi va hakamlarning bir ovozi bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu Chavesning so‘nggi to‘rt yil ichidagi atigi ikkinchi jangidir.

AQSH rasmiylarining aytishicha, bunday jinoyatchilarning mamlakatga kirishiga endi yo‘l qo‘yilmaydi. “Hech kim qonundan ustun emas, hatto dunyoga mashhur sportchilar ham,” — dedi Ichki xavfsizlik departamenti vakili Trisha Maklofllin.

Prezident Tramp boshchiligidagi hukumat yana hokimiyatga kelganidan beri noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada jinoyat sodir etganlar ham, oddiy hujjatsizlar ham ommaviy deportasiya qilinmoqda. Ayrim muhojirlar vaqtincha lagerlarda saqlanmoqda yoki xorijiy qamoqxonalarga yuborilmoqda.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Chaves professional faoliyati davomida 62 ta jang o‘tkazib, o‘z hisobiga 54 marta g‘alaba yozdirib qo‘ygan. 7 ta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1 bahda durang qayd etilgan. U 54 ta g‘alabasining 34 martasida raqiblarini nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:20, 04.07.2025.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.