Yozgi transferlar oynasi ochilmasidanoq "Qizilqum"ni tark etgan Elguja Lobjanidze faoliyatini Qozog‘istonda davom ettiradi.
Yil boshida “oltin izlovchilar” bilan shartnomasini uzaytirgan gruziyalik hujumchi Lobjanidze oilaviy muammolari sababli jamoani tark etgandi.
Endilikda u “Jenis” klubi bilan shartnoma imzoladi. Klub Qozog‘iston Premyer-ligasida ishtirok etadi.
Elguja “Qizilqum” libosida Superligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Transfermarkt portali uning narxini 250 ming yevroga baholagan.













