Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ilyos Zeytullayev: "Muxlislar stadionda ajoyib muhitni tashkil qilishdi"

Ilyos Zeytullayev: "Muxlislar stadionda ajoyib muhitni tashkil qilishdi"

Baho:
+ | -

"Andijon" – "Bunyodkor" (0:2) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ilyos Zeytullayev ishtirok etdi.

-  Bizni yaxshi kutib olishgani va ajoyib muhit yaratishgani uchun "Andijon" jamoasi hamda uning muxlislariga minnatdorchiligimni bildiraman. O‘tgan yili ham bu yerga kelgandim. Bu yil ham keldim. Stadionda ajoyib futbol spektali va muhitini tashkil qilishdi. O‘yinga kelsak, bu g‘alabada "Bunyodkor" klubi tizimida ishlayotgan barchaning o‘z hissasi bor. Bazamizdagi barcha ishchi-xodimlarga ushbu g‘alabani bag‘ishlaymiz.

-  Temurxo‘ja Abduholiqov nega asosiy tarkibdan emas, zaxiradan maydonga tushdi?

-  U boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kerak edi. Ammo futbolchida katta bo‘lmagan muammo bor edi. Shu bois shifokorlar bilan kelishgan holda uni zaxirada qoldirdik. Luyis Kachorri yaxshi o‘yinchi ekanligini isbotladi. To‘purarlar borasida O‘zbekistondagi boshqa hujumchilar bilan raqobatlashyapti. O‘z o‘rnida men Abduholiqovdan ham xursandman. Bizda yaxshi jamoa shakllangan, sifatli futbolchilarimiz bor. Kim maydonga tushsa, yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Birinchi davra tugadi, endi biroz dam olamiz. Keyin ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaymiz.

-  Luis Kachorrini shartnomasi yakunlandi. U bilan shartnoma uzaytiriladimi?

-  Men murabbiyman. Maslahat berishim mumkin, ammo jamoamiz rahbariyati bor. Ko‘p narsa ularga ham bog‘liq. Sport direktorimiz ham bu masalada aniqlik kiritib oladi, deb o‘ylayman. Shartnomalar, transferlar bilan rahbariyat shug‘ullanadi.

-  Aziz Amonov nega maydonga kam tushirilyapti?

-  Amonov shunday futbolchiki, mashg‘ulotlarda yaxshi ishlaydi. Hatto, terma jamoada ham o‘ynagan. Hayotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, yo‘lini topib olish uchun ba’zida qandaydir muddat ham talab qilinadi. Shu bois ayta olamanki, jamoamiz bilan unga yordam qo‘lini cho‘zyapmiz. O‘ylaymanki, uning ajoyib tarixi va yaxshi holati bilan u pozitiv o‘yinchi. Maydonga tushirsam u albatta yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Azizda yaxshi insoniylik omillari bor va tezda yana o‘z darajasiga qaytadi.

-  "Bunyodkor" o‘z uyidan ko‘ra safarda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatyapti. Buning sababi nimada? Raqibni qanchalik o‘rgangandingiz?

-  O‘ylaymanki, o‘z uyimizda o‘ynagan paytlarimizda qiyin o‘yinlar bo‘lgandi. Ba’zida uyimizda xuddiki, yomon o‘ynayotgandek tuyulishi mumkin. "Nefchti", "Surxon", "Buxoro" kabi klublarga qarshi yaxshi o‘ynadik. Uyda yomon o‘ynab, safarda yaxshi o‘ynadik, degan faktorni bunga bog‘lamayman. Qandaydir o‘tish davri bo‘lgandi. Xudoga shukr, uyda ham, safarda ham bir xil o‘ynashga harakat qilyapmiz. Maydonda 11 nafar futbolchi to‘p suradi va biz doim yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz. O‘yinlarimiz orqali muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 03:57, 06.07.2025.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.