"Real" vingeri Rodrigoga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchi Xabi Alonso qo‘l ostida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kamdan-kam holdamaydonga tushdi va bu futbolchining yaqin orada ketishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi.
"PSJ" vakillari allaqachon Rodrigoning atrofidagilar bilan bog‘lanishgan. Rasmiy muzokaralar, agar 24 yoshli futbolchining o‘zi shu yozda "Los-Blankos"ni tark etish istagini bildirsa, boshlanishi mumkin.
Transfermarkt Rodrigoning narxini 90 million yevroga baholagan. Amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan futbolchiga uzoq vaqtdan beri Londonning "Arsenal" klubi asosiy da’vogar sanalib kelgan.













