Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

"Dinamo" "Nasaf"dan tushuntirish so‘radi

"Dinamo" "Nasaf"dan tushuntirish so‘radi

Baho:
+ | -

«Dinamo» PFK Qarshining «Nasaf» jamoasi matbuot xizmati xodimi, klub rasmiysi Sarvar Bobonazarovning ijtimoiy tarmoqlar orqali raqib jamoa va butun viloyat sha’niga bildirgan haqoratli fikrlari bo‘yicha «Nasaf» PFKdan rasmiy tushuntirish so‘raydi.

Xususan, Superliga 15-turi doirasidagi «Dinamo» va «Nasaf» (2:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Qarshi klubi matbuot xizmati vakili Sarvar O‘ktamzoda (Bobonazarov) «X» (tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida (3672 obunachiga ega) Samarqanddagi o‘yinda VAR texnikasi Jizzaxdan yetib kelmagani sababli mezbon klub sifatida Samarqand jamoasini haqoratlagan. Ayniqsa, uning samarqandliklarni tahqirlovchi haqorati turli ijtimoiy tarmoqlar, guruhlarda keskin muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

«Nasaf» PFK matbuot xizmati vakili, Qarshidagi «Markaziy» stadioni suxandoni sanalmish Sarvar O‘ktamzoda (Bobonazarov) tomonidan muxlislar o‘rtasida adovatni qo‘zg‘ovchi, keskinlikka sabab bo‘layotgan bildirilgan fikrlar bo‘yicha «Dinamo» PFK «Nasaf» klubidan rasmiy tushuntirish so‘raydi. Klub bu borada qat’iy chora ko‘rishni talab qiladi.

Shuningdek, «Nasaf» matbuot xizmati vakili Sarvar O‘ktamzoda bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilish bo‘yicha ish olib borilayotganini ma’lum qiladi. Bunday hatti-harakatlar klublar o‘rtasidagi munosabat sovuqlashishi, muxlislar o‘rtasidagi yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik shart.

Kiritildi: 13:52, 07.07.2025.
O'qildi: 4017 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик