Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

"Real" La Ligadan "Osasuna"ga qarshi 1-tur o‘yinini avgustdan oktyabr oyiga ko‘chirishni rasman so‘radi

"Real" La Ligadan "Osasuna"ga qarshi 1-tur o‘yinini avgustdan oktyabr oyiga ko‘chirishni rasman so‘radi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi rasmiy ravishda La Ligadan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sabab birinchi tur o‘yinini qoldirishni so‘radi.

Madrid klubi "Osasuna"ga qarshi chempionatning birinchi o‘yinini 19 avgustdan 29 oktyabrga ko‘chirishni so‘rab xat yo‘lladi, deb xabar beradi Cadena SER nashri.

Qayd etilishicha, "Osasuna" va Ispaniya futbol federasiyasi bilan muzokaralardan so‘ng barcha tomonlar uchrashuvni oktyabr oyiga belgilashga kelishib olishgan. Biroq, "Los Blankos" hali ham La Liganing roziligini kutmoqda.

Kasaba uyushmasi va klubning o‘ziga ko‘ra, futbolchilarga 3 haftalik ta’til (ish beruvchi tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra majburiy) va mavsumoldi 3 hafta kerak. Madrid klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finaliga chiqqani uchun bu muddatlar kechiktirilmasdan bajarilmaydi.

Avvalroq La Liga Ispaniya terma jamoasini jahon chempionatida himoya qiladigan klublar chorak finalga chiqsa, mavsum boshlanishini keyinga surishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi. Shunga qaramay, La Liga hozirda "Real Madrid"ni qabul qilishdan bosh tortmoqda. Raqobat qo‘mitasi aralashishi mumkin.

Kiritildi: 15:53, 07.07.2025.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.