Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shkrinyar "Fenerbaxche" bilan to‘liq kelishuvga erishdi

Shkrinyar "Fenerbaxche" bilan to‘liq kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"PSJ" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar "Fenerbaxche"ga o‘tishga yana bir qadam yaqinlashdi. Ushbu ma’lumotni insayder Nikolo Skira tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli slovakiyalik futbolchi turk jamoasi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Ma’lum qilinishicha, ayni damda "Fenerbaxche" "PSJ" bilan ilg‘or muzokaralar olib bormoqda va bu haftada davom etadi. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, Shkrinyarga Saudiya klubi murojaat qilgan, biroq futbolchi rad javobini bergan, chunki u Yevropada qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Fenerbaxche"da ijara asosida o‘tkazgan edi. U maydonda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:17, 07.07.2025.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик