Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" himoyachi transferini rad etdi

"Milan" himoyachi transferini rad etdi

Baho:
+ | -

"Strasburg" himoyachisi Gela Duening yaqin orada "Milan"ga o‘tishi dargumon. "Rossonerilar" ivuarlik futbolchining transferi uchun 15 mln yevro to‘lashga tayyor edi, biroq fransuz klubi rad javobini berdi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. "Strasburg" 22 yoshli futbolchining sotuvidan kamida 35 mln yevro ishlab olmoqchi.

Gela Due markaziy himoyada ham, o‘ng qanotda ham o‘ynashga qodir. Transfermarkt saytidagi futbolchining taxminiy narxi - 18 mln yevro. "Renn" tarbiyalanuvchisining "Strasburg" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Gela Duega Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.

Kiritildi: 06:48, 08.07.2025.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик