Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"MYU" sobiq futbolchisi: "Menimcha, Xyoylundni sotish qiyin bo‘ladi"

"MYU" sobiq futbolchisi: "Menimcha, Xyoylundni sotish qiyin bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Pol Parker hujumchi Rasmus Xyoylundning ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Rasmusni sotish muammo bo‘ladi. Klub istiqbolli futbolchi uchun ko‘p pul sarfladi, keyin esa u ishonchni oqlamadi. Uni arzon-garovga berish yoki u yana rivojlana olishiga umid qilish qoladi," - deya Parkerning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Shuningdek, Parker o‘tgan mavsumda "MYU"da "Aston Villa"dan Olli Uotkinsdek futbolchi bo‘lmaganini ta’kidladi.

"U ikkinchi qavatdagi o‘yinda juda kuchli, hujumni boshqara oladi, bu o‘tgan mavsumda "Manchester"ga yetishmagandi. Hatto ko‘r ham Xyoylunddan ko‘ra yaxshiroq uddalay olardi."

O‘tgan mavsumda Rasmus 52 ta o‘yinda 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 06:57, 08.07.2025.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик