Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Dias va Alisson Gondomardagi Jota va uning ukasi uchun xotirlash marosimida qatnashdilar

Dias va Alisson Gondomardagi Jota va uning ukasi uchun xotirlash marosimida qatnashdilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Luis Dias va Alisson Diogu Jota dafn marosimida qatnashdilar.

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi forvardi, shuningdek, uning Portugaliya ikkinchi ligasi vakili "Penafiel" safida to‘p tepgan ukasi Andre Teysheyra da Silva 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo‘lgan YTHda vafot etdi. Futbolchilar o‘zlarining tug‘ilgan shahri Gondomarga dafn qilindi.

Dafn marosimiga kela olmagan "Liverpul" futbolchilari Jota va uning akasi vafotidan so‘ng yettinchi kuni Gondomarda bo‘lib o‘tgan xotirlash marosimiga tashrif buyurishdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Qayd etilishicha, marosimda yuzga yaqin kishi, jumladan, "Penafiel" futbolchilari, Diogu Koshta, Joze Sa, Ruben Nevesh, Andre Orta, Joau Mariu, Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti Pedru Proensa va futbol agenti Jorje Mendesh ishtirok etgan.

Kiritildi: 17:57, 10.07.2025.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик