Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ulug‘bek Rashitov: “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi”

Ulug‘bek Rashitov: “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi”

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga musobaqalardan chetlatilgani haqidadagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Sportchi vaziyatga aniqlik kiritarkan, hech qanday taqiqlangan modda iste’mol qilmaganini ta’kidladi:

— Men ham bu borada o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Meni musobaqalardan chetlatishlariga sabab — biror taqiqlangan modda iste’mol qilganim emas, balki antidoping tizimining joylashuv haqidagi qoidalarini buzganim bo‘ldi, — dedi Rashitov.

Uning ta’kidlashicha, antidoping agentligi har bir sportchidan maxsus tizim orqali o‘z joylashuvi — ya’ni qayerda tunashi va mashg‘ulot o‘tkazishini aniq ko‘rsatib borishini talab qiladi.

— Noyabr oyida, ertalab soat 06:00 da tekshiruvchilar keldi. Vaholanki, men tizimda kechki soat 21:00 da belgilangan manzilda bo‘lishimni ko‘rsatgan edim. Hech qanday oldindan ogohlantirish yoki telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lmadi, faqat SMS yuborishdi. To‘rt oy o‘tgach esa, bu holat qoidabuzarlik sifatida baholanib, meni diskvalifikasiya qilishgani haqida xat oldim. Oxirgi marta 22 aprelda doping-namuna topshirdim va ular menga barchasi joyida ekanligini aytishdi. Bu holat meni hayratda qoldirdi, — deya davom etdi sportchi.

Rashitov so‘zining yakunida barcha qo‘llab-quvvatlovchilarga minnatdorlik bildirar ekan, kelgusi rejalari haqida ham gapirdi:

— Bo‘lib o‘tgan voqeani ortga qaytarib bo‘lmaydi. Menda 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun katta istak va g‘ayrat bor. Tayyorlanaman va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz va tushunganingiz uchun barchangizga katta rahmat.

Ma’lumot uchun, taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi va ikki yil muddatga diskvalifikasiya qilindi. U 2027 yilning 12 mayiga qadar barcha musobaqalardan chetlatildi.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati g‘olibi hamda jahon chempionati sovrindori sanaladi. Rashitov erkaklar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioniga aylangan ilk sportchi sifatida tarixga kirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:46, 12.07.2025.
O'qildi: 2839 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.