Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" sobiq futbolchisi Ronaldu muvaffaqiyatining siri nimada ekanligini aytdi

"Yuventus" sobiq futbolchisi Ronaldu muvaffaqiyatining siri nimada ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Blez Matuidi bir kuni superyulduz Krishtianu Ronaldu jamoadoshlarini hayratga solgani haqida esladi.

"Ronaldu - o‘z ishiga mukkasidan ketgan ajoyib professional. Bir kuni A Seriya o‘yinidan so‘ng tunda soat ikkida uyga qaytdik. Biz juda charchagan edik. Ronaldu esa Benatianing oldiga borib, uni tiklanish mashqlari uchun sport zaliga borishga ko‘ndirdi. Men uni aqldan ozgan deb o‘yladim! Ronaldu shunday: u hech qachon to‘xtamaydi. Bu uning muvaffaqiyatining siri va bugungi kunda ham boshqalardan ajralib turishining sababidir," - dedi Matuidi Tuttosport nashriga.

Krishtianu Ronaldu "Yuventus"da 2018-2021 yillarda to‘p tepgan. Hozirda 40 yoshli portugaliyalik futbolchi "An-Nasr" jamoasi safida o‘ynamoqda. Yaqinda Ronaldu o‘z shartnomasini 2027 yilning o‘rtalarigacha uzaytirdi.

Kiritildi: 16:03, 13.07.2025.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик