Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yangi chaqiruvga tayyor edim: "Andijon"ning ukrainalik darvozaboni transferdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Yangi chaqiruvga tayyor edim: "Andijon"ning ukrainalik darvozaboni transferdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Kuni kecha xabar berganimizdek, "Andijon" safiga ukrainalik 25 yoshli darvozabon Artyom Odinsov qo‘shildi.

Olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topgach, u bilan shartnoma imzolandi.

Bungacha asosan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan Odinsovning oxirgi klubi – "Dyoshdyor" hisoblanadi.

Ukrainalik posbon "Andijon" bilan ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Klub matbuot xizmati esa undan dastlabki intervyuni oldi.

- Artyom, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklif haqida birinchi marta eshitganingizda nimani o‘yladingiz?

- Yodimga kelgan birinchi narsa ukrainalik darvozabon Igor Litovkaning aynan "Andijon" safida to‘p surgani bo‘ldi!

- Menimcha, muzokaralar tez yakun topdi. Bu borada sizga eng ko‘p nima yoqdi?

- Dastlabki o‘ylaganlarim shundayki, demak, ular men haqimda qiziqishganini va ular meni o‘z klubida ko‘rishni xohlashayotganligini his qildim.

- Faoliyatingizni asosan Vengriya chempionatida o‘tkazdingiz. Endilikda muhitni o‘zgartirishga nima turtki bo‘ldi?

- Vengriya klubi bilan shartnomam tugaganidan so‘ng o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishni xohladim va yangi chaqiruvga tayyor edim.

-  "Andijon" ustozi Maksim Shaskixni qanchalik bilasiz? U bilan birinchi marta ishlayapsiz...

- Maksim Shaskixni anchadan beri bilaman. Yoshlik chog‘imda dadam bilan birga "Dinamo" Kiyev – "Shaxtyor" o‘yiniga borganmiz. O‘sha paytdan beri Maksim Aleksandrovichni bilaman. Shaskix Ukraina futboli uchun haqiqiy afsonadir. Shunday inson bilan birga ilk bor ishlayotganimdan juda xursandman, bunday mutaxassis qo‘lida faoliyat olib borishimdan baxtiyorman.

- 31-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Sababi oddiy. Men doim 12-raqamda o‘ynaganman. Ammo bu raqam band ekan. Shu sababli yodimga 31-raqam tushdi.

- Yangi jamoangizdagi ilk taassurotlar qanday?

- Taassurotlarim zo‘r. Barcha yigitlar pozitiv holatda. Ishga juda chanqoqlar va o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishyapti.

- "Andijon"ning taklifini qabul qilishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz va qanday ma’lumotlarni o‘rgandingiz?

- Birinchi navbatda agentim bilan bu taklif haqida o‘ylab ko‘rdik. Keyinchalik "Qizilqum"da o‘ynayotgan do‘stim Roman Papariga bilan gaplashdim. U menga faoliyatni o‘stirish uchun O‘zbekiston chempionati juda yaxshi imkoniyat ekanligi haqida gapirib berdi. Shuningdek, bu yerda futbol juda tez rivojlanayotganini ham aytdi. Qolaversa, yurtingizdagi odamlar juda mehmondo‘st va mehribonligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. U bilan gaplashganimizdan so‘ng men "Andijon" bilan shartnoma tuzishga qaror qildim va bundan xursandman.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:28, 15.07.2025.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.