Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pol Pogba va Ansu Fati qachon maydonga tushadi?

Pol Pogba va Ansu Fati qachon maydonga tushadi?

Baho:
+ | -

"Monako" bosh murabbiyi Adi Xyutter "Koventri"ga (5:0) qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng yangi kelgan Pol Pogba va Ansu Fati qachon maydonga tushishini aytdi.

"Fati va Pogba o‘z jismoniy holati ustida ishlamoqda. Menimcha, Ansu jamoaga qo‘shilishga biroz yaqinroq. "Barselona"da u kerakli darajada ishlay olmadi. Biz uni avvalgi holatiga qaytarishga harakat qilyapmiz, lekin buni juda erta qila olmaymiz. Biz ehtiyotkormiz. Ikkalasi ham o‘ynashga chanqoq. Ular yaqin haftalarda bunga yaqin bo‘ladi," - deya Xyutterning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

"Monako" yozda "Barselona"dan hujumchi Ansu Fatini ijaraga olgani va doping tufayli diskvalifikasiya muddatini o‘tab bo‘lgan yarimhimoyachi Pol Pogba bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Kiritildi: 05:31, 17.07.2025.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик