Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

"PSJ" yangi shartnomaga ko‘ra Donnarummaning maoshini kamaytirmoqchi

"PSJ" yangi shartnomaga ko‘ra Donnarummaning maoshini kamaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Fransiyaning "PSJ" klubi jamoa darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish borasida qiyin muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar klubi 26 yoshli italiyalik darvozabonga maoshini kamaytirgan holda shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Qayd etilishicha, Donnarummaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, uning daromadi yiliga 12 million yevroni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi jamoada qolish niyatida bo‘lsa-da, tomonlar haligacha kelishuvga erishmagan.

Avvalroq "Manchester Siti" va "Bavariya" Donnarumma uchun kurashga qo‘shilgani ma’lum bo‘lgandi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 40 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda Janluiji barcha turnirlarda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 43ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, italiyalik futbolchi 17 ta golsiz o‘yinga ega.

Kiritildi: 10:50, 17.07.2025.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик