Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

6 jamoa 2 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun, yana bir jamoa esa pley-offga…

6 jamoa 2 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun, yana bir jamoa esa pley-offga…

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Yana bir necha daqiqalardan so‘ng (Toshkent vaqti bilan soat 12:00) Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi OFK binosida Jahon chempionati-2026 4-bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Osiyoga ajratilgan 8 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaning 6 tasi allaqachon o‘z egalarini topgan. Uchinchi saralash bosqichida o‘z guruhlarida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoalar — Indoneziya, Iroq, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA pley-off orqali yana bir imkoniyatga ega bo‘lishadi. Bu o‘yinlar 8 oktabrdan 14 oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar uchtadan ikki guruhga bo‘linadi. Faqatgina guruh g‘oliblari 2026-yilgi JCHga yo‘l oladi. Har bir guruh markazlashtirilgan maydonda (Qatar va Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi) yagona davra tizimida o‘ynaladi.

Qura tashlash uchun savatchalar (FIFA reytingiga ko‘ra):

1-savat: Qatar (FIFA reytingi: 53), Saudiya Arabistoni (58)

2-savat: Iroq (59), Birlashgan Arab Amirliklari (66)

3-savat: O‘mon (79), Indoneziya (118)

Eslatma: Mezbon davlatlar bo‘lgan Qatar va Saudiya Arabistoni qur’a natijasida turli guruhlarga joylashtiriladi.

Pley-off guruh bosqichi yakunlangach, har bir guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar 13 va 18 noyabr kunlari ikki o‘yinli pley-offda to‘qnash kelishadi. Bu nokaut bosqichi qit’aning FIFA qit’alararo pley-off turniridagi vakilini aniqlab beradi.

Kiritildi: 11:47, 17.07.2025.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик