"Bavariya" tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.
30 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" allaqachon futbolchi borasida myunxenliklar bilan muzokaralarni boshlagan.
Palinya Premyer-ligada o‘ynash tadribasiga ega. U avval "Fulxem" sharafini himoya qilgan. Uning nemis grandi bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 30 million yevroga baholamoqda.













