Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» Tojikiston klubini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» Tojikiston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Andijon» Tojikistonda davom etayotgan yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Tojikiston oliy ligasi vakili «Esxata» klubiga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

Bosh murabbiy Maksim Shaskix ikkala taymda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Yangi o‘yinchilar ham «Andijon»dagi norasmiy bahsda debyutini o‘tkazdilar. Faqat Sunnatillo Hamidjonov bundan mustasno bo‘lib, u endi jamoaga qo‘shildi va keyingi bahsda maydonga tushadi.

O‘yin qiziqarli va hujumkor ruhda o‘tdi. Uchrashuvda jamoamiz tezkor gol urdi. Damir Temirovning pasidan so‘ng Saidumarxon Saidnurullayev ustalik bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 12-daqiqada «Esxata» vakillari muvozanatni tiklaganidan so‘ng yana «Andijon»da golli hujumlar sodir bo‘ldi. Damir Temirov juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Keyinchalik Usmonali Ismonaliyev gol urdiyu, biroq ofsayd deb topildi. Shunga qaramay, jamoamizni maydonga sardor sifatida boshlab tushgan Usmonaliyev 17-daqiqada baribir o‘z maqsadiga erishdi. U birinchi gol muallifi Saidnurullayevning ajoyib pasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Qolgani tanaffusdan keyin yuz berdi. Ikkinchi taymda boshqa tarkib maydonga tushirildi va sardorlik bog‘ichi Sardor Azimovga o‘tdi. Tashabbus esa to‘liq jamoamiz tomoniga o‘tdi. Avvaliga Shoxjahon Yorqinboyev, oradan ko‘p o‘tmasdan Doniyor Abdumannopov o‘zlarini ko‘rsatishgan holda raqib darvozasini ishg‘ol qildilar. O‘yindagi oxirgi gol «Esxata» tomonidan kiritildi. Umumiy qilib aytganda, o‘yindagi ustunlik natijada aks etdi.

Shunday qilib, «Andijon» yozgi yig‘inidagi birinchi nazorat uchrashuvida 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamiz keyingi o‘yinni 22 iyul kuni Tojikistonning boshqa bir klubi – «Istaravshan»ga qarshi o‘tkazadi.

«Andijon» - «Esxata» – 4:2 (2:1).
18 iyul. Tojikiston. Guliston. «Natsbank» maydoni.
Bosh hakam: Xurshed Dadaboyev
Yordamchi hakamlar: Murod Qurbonov, Shaodat Abdullayeva
Nazoratchi: Zoxir Hotamov
«Andijon»:  Eldor Adhamov, Abubakir Ashurov, Muhammadali Abdurashidov, Bekzod Sulaymonov, Damir Temirov, Muhammadkarim Toirov, Bektemir Abdumannonov, Miraziz Muxamadaliyev, Farhod Sohibjonov, Saidumarxon Saidnurullayev, Usmonali Ismonaliyev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Artyom Odinsov, Islom Mamatkazin, Kristian Novak, Abdurahmon Komilov, Sardor Azimov, Shoxjahon Yorqinboyev, Altin Kreziu, Abdurahmon Abdullayev, Muhammadali Usmonov, Doniyor Abdumannopov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev.
«Esxata»: Izzat Tursunov, Dilshod Karimov, Sardor Xursandov, Soxib Xakimov, Abdurahmon Uzoqov, Diyor Shavqiyev, Abdusamad Samadov, Ibrohim Eshonxonov, Xoji Abdumannon, Rustam Saburov, Baxtiyor Zaripov.
Gollar: Saidumarxon Saidnurullayev, 2 - 1:0. Rustam Saburov, 12 - 1:1. Usmonali Ismonaliyev, 17 - 2:1. Shoxjahon Yorqinboyev, 57 - 3:1. Doniyor Abdumannopov, 60 - 4:1. Ibrohim Eshonxonov, 66 - 4:2.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 00:04, 19.07.2025.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.